← Beelar

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 4-oktabr

Biz kimmiz

Beelar — do‘konlar uchun sodiqlik dasturi. Mijoz ilovada yoki Telegram botda do‘kon kartalarini saqlaydi, xariddan ball oladi va keyingi xaridda ishlatadi. Har do‘kon o‘z mijozlarining ma’lumotini faqat o‘z sodiqlik dasturi uchun ko‘radi.

Qanday ma’lumot yig‘iladi

Joylashuv, kontaktlar, reklama identifikatori va kuzatuv (tracking) yig‘ilmaydi. Ma’lumot uchinchi tomonga sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.

Kim ko‘radi

Siz kartasi bor do‘kon — faqat o‘sha do‘kondagi balansingiz va xaridlaringizni. Boshqa do‘konlardagi ma’lumotlaringiz unga ko‘rinmaydi. Kassirga telefon raqamingiz yashirilgan holda ko‘rsatiladi.

Hisobni o‘chirish

Ilovada: Profil → «Hisobni o‘chirish». Telefon, ism va Telegram bog‘lanishi darhol o‘chiriladi, ballar bekor qilinadi. Do‘konning hisobotlarida xarid summalari shaxsga bog‘lanmagan holda qoladi.

Bog‘lanish

Savollar bo‘yicha: Telegram @ballim_uz_bot.